Assalomu alaykum.
Men Xolidjon Nabiyev, 10 yildan ortiq vaqtdan beri bizneslarni avtomatlashtirish bilan shug‘ullanib kelaman. Shu vaqt davomida 30 dan ortiq turli xil bizneslar uchun dasturlar ishlab chiqdik va amaliyotga joriy etdik.
So‘nggi bir necha yildan beri savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasi — ya’ni do‘konlar, minimarketlar, supermarketlar, kafe va oshxonalarni avtomatlashtirishga ixtisoslashganmiz.
Ushbu maqola davomida 10–11 yillik tajribamizda bizga eng ko‘p berilgan savollarga aniq va sodda javob beraman. Agar siz ham biznesingizni avtomatlashtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu javoblar sizga foydali bo‘ladi degan umiddaman.
1.Avtomatlashtirish soliq majburiyatlarini oshirib yubormaydimi? Ma’lumotlarimizni kimdir ko‘rmaydimi?
Bu ikki savol deyarli har doim birga beriladi.
Ma’lumotlar xavfsizligi haqida :
Bizning mijozlarimiz, jumladan Zifra tizimi foydalanuvchilarining ma’lumotlarini hech kim ko‘rmaydi. Agar uchinchi shaxslarga axborot chiqadigan bo‘lsa, biz bu bozorda ishlay olmas edik.
Biz:
- 6 yildan beri Zifra loyihasi bilan,
- Shaxsan o‘zim esa 10 yildan ortiq vaqtdan beri
ushbu sohada faoliyat yuritib kelmoqdamiz. Shu vaqt ichida birorta ham mijoz ma’lumoti uchinchi tomonga uzatilmagan.
Soliq masalasi haqida :
Avtomatlashtirish:
- Soliqni oshirmaydi ham,
- Kamaytirmaydi ham.
Ya’ni bu tizim soliq majburiyatiga bevosita ta’sir qilmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, tadbirkor:
Moliyaviy sir,
Bank siri,
Tijorat siri,
Shaxsiy yoki oilaviy sir
kabi ma’lumotlarni ochib bermaslik huquqiga ega. Kompyuterdagi dastur ham shu sirlar doirasiga kiradi.
Muhimi:
Dastur qonunbuzarlikni na yashiradi, na ochib beradi.
Masalan, soliq inspektori:
Kassadagi pulni sanaydi,
Kassa apparati bilan solishtiradi — farq bo‘lsa, darrov aniqlanadi,
Mahsulot qoldig‘ini real holat bilan taqqoslaydi.
Bularni aniqlash uchun hech qanday dastur shart emas.
2. Agar do‘konda o‘g‘irlik bo‘lsa, dastur signal beradimi?
Yo‘q. Bu signalizatsiya tizimi emas. O‘g‘irlikdan himoyalash uchun alohida xavfsizlik tizimlari mavjud.
Ammo dastur orqali o‘g‘irlik bilinadi.
Qanday qilib?
Inventarizatsiya orqali,
Dasturdagi qoldiq bilan real qoldiqni solishtirish orqali.
Dunyoning eng yirik savdo tarmoqlari ham doimiy inventarizatsiya qiladi. Farq chiqsa — yo‘qotish bor degani.
3. Mahsulot yoki pul yo‘qolsa, qayerdan bilaman?
Juda oddiy:
Pul bo‘yicha:
Har smena oxirida qancha sotuv bo‘lgani va qancha pul bo‘lishi kerakligi ko‘rinadi.
Mahsulot bo‘yicha:
Haftada kamida 1 marta ayrim mahsulotlarni tekshirib chiqish tavsiya etiladi. Telefon orqali shtrix-kodni o‘qitib, real qoldiq kiritiladi va dastur farqni ko‘rsatadi.
Bu:
Hodimlarga doimiy nazorat borligini bildiradi,
Yo‘qotishlarning oldini oladi.
4. Dasturingiz aniq bir sohaga moslashtirilganmi?
Hozircha har bir soha uchun alohida, tor ixtisoslashgan dasturlar mavjud emas (masalan, faqat parfumeriya yoki faqat konstovar uchun).
Sababi oddiy:
Savdo bizneslarining 90–95% ehtiyojlari bir xil:
Foyda va yalpi foyda,
Harajatlar,
Mahsulot qoldig‘i,
Savdo hajmi,
Tovar aylanishi.
Zifra dasturida esa 30 dan ortiq sozlamalar mavjud:
Kiyim do‘koni uchun alohida funksiyalar,
Oziq-ovqat do‘koni uchun tarozi integratsiyasi,
Optom savdo uchun turli narxlar
Nasiyaga savdo qilish imkoniyatlari.
Keraksiz funksiyalar o‘chirib qo‘yiladi — mijoz faqat o‘ziga keraklisini ko‘radi.
Istisno:
Tilla-kumush buyumlari kabi maxsus hisob-kitob talab qiladigan sohalar uchun alohida ixtisoslashgan dastur kerak bo‘ladi.
5. Ma’lumotlar o‘chib ketsa-chi? Kafolat bormi?
Ha, to‘liq kafolat bor.
Har kuni avtomatik zahira nusxa (backup) olinadi,
Oxirgi 20 ta nusxa saqlanadi,
2 ta alohida serverda joylashgan.
Bugungi kungacha birorta ham mijozimiz ma’lumoti yo‘qolmagan.
6. Elektr uzilib qolsa nima bo‘ladi?
Variantlar:
Noutbuk tavsiya qilinadi — akkumulyatori bor
Statsionar kompyuter bo‘lsa — qo‘shimcha akkumulyator
Zifra dasturi elektr uzilib, yana yoqilganda qolgan joyidan davom etadi.
7. Internet uzilib qolsa-chi?
Internet bo‘lmasa ham kassa moduli ishlayveradi:
- Mahsulot sotuvi.
- Qarzlarni oʻchirish.
- Harajatlarni yozish.
- Qaytib kelgan mahsulotlarni qabul qilib olish.
- Narxlarini ko'rish.
- Qarzlarni koʻrib berish.
Faqat:
Hisobotlar
Mahsulot kirimi
uchun internet kerak bo‘ladi. To‘liq oflayn versiya ustida ham ish olib borilmoqda.
8. Qurilma ishdan chiqsa nima bo‘ladi?
Ikki rejim mavjud:
- Onlayn rejim — barcha ma’lumot serverda saqlanadi.
- Offlayn rejim — ma’lumot kompyuterda bo‘ladi.
Onlayn rejim:
Onlayn rejimda kassada faqat joriy smena saqlanadi, qolgan barcha ma’lumotlar serverdagi bazada turadi:
Qarzdorlik va haqdorlik
Tushim-chiqim
Tovar oboroti
Barcha hisobotlar
Hozirda 20 ta rezerv kopiya mavjud:
10 tasi bitta serverda
10 tasi boshqa serverda (boshqa lokatsiyada)
Bitta server ishdan chiqsa ham, ikkinchisidan tiklash mumkin.
Oflayn rejim :
Agar tizim to‘liq oflayn bo‘lsa, barcha ma’lumot shu kompyuterda turadi. Qurilma ishdan chiqsa, qaysi qismi buzilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pincha elektr ta’minot bloki yoki boshqa qismlar ishdan chiqadi, lekin xotira (hard disk/SSD) kamdan-kam buziladi. Odatda ma’lumot saqlanib qoladi.
Agar xotira ishdan chiqsa, ma’lumotlar yo‘qoladi. 10 yillik amaliyotimizda bunday holat deyarli uchramagan.
Texnik yordam:
Agar qurilma buzilsa:
Garantiya bo‘lsa — bepul tuzatiladi
Bo‘lmasa — qo‘shimcha to‘lov asosida sozlab beriladi
Texnik yordamimiz 365 kun ishlaydi.
9. Tizimni joriy etish uchun qancha vaqt ketadi?
O‘rnatish: 1 kundan 7 kungacha
Kichik do‘konlar: bir necha soat
O‘qitish: 3 kun, jami 4,5 soatlik kurs
Eng ko‘p vaqt oladigan jarayon — boshlang‘ich mahsulotlarni kiritish.
10. Umuman olganda, foydasi bormi?
Bu savolni ko‘pincha xodimlar beradi.
Sababi:
Dastlab qo‘shimcha ishdek tuyuladi
Nazorat kuchayadi
Aslida esa tizim:
Biznes egasini riskdan himoya qiladi
Vaqtni tejaydi
Xodimlar ishini ham yengillashtiradi
Agar 4 ta asosiy amal vaqtida kiritilsa:
Pul tushumi/chiqimi
Mahsulot kirimi
Mahsulot chiqimi
Harajatlar
👉 barcha hisob-kitoblar avtomatik chiqadi.
Daftar yoki Excel bilan solishtirganda bu bir necha barobar tez, oson va xatosiz.
Xulosa
Avtomatlashtirish — bu:
- Nazorat,
- Aniqlik,
- Vaqt va mablag‘ni tejash demakdir.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Keyingi maqolalarda moliya, hisobotlarni tahlil qilish, zarar va risklarni kamaytirish hamda samaradorlikni oshirish haqida suhbatlashamiz.
Agar ma’lumotlar siz uchun foydali bo‘lsa — sahifamizga a'zo bo‘ling.
A'zo bo'lish